Buyuk Britaniya va Germaniya 2027-yildan boshlab oʻz qurolli kuchlarida sunʼiy intellekt texnologiyalarini birgalikda sinovdan oʻtkazish, ishlab chiqish va joriy etishni rejalashtirdi. Ushbu kelishuvni Qirollikning mudofaa vaziri Ues Striting maʼlum qildi.
Bu hamkorlik doirasida mavjud boʻlgan «Cyber Lighthouse» xavfsizlik loyihasi yangi yoʻnalishda kengaytiriladi.



