Shimoliy Koreya kriptovalyuta bozoridagi mablagʻlarning katta miqdorda oʻgʻirlanishiga oid ayblovlarni qatʼiy rad etdi. Bu Binance birjasidan taxminan 5,3 milliard yevro oʻgʻirlanishi haqida.
Avvalroq AQSh Federal tekshiruv byurosi bu hujum ortida Pyongyan bilan bogʻliq «Trader Traitor» kiberjinoyatchi guruhining turganligini eʼlon qilgan edi.
KNDR rahbari Kim Jong-enning singlisi Kim Yo Jong bu bayonotni «jiddiy siyosiy provokatsiya» deb atadi.

