Chetda ishlashni istagan inson uchun nafaqat mos ish topish, balki boradigan mamlakatning mehnat bozori talablariga tayyorlanishi ham juda muhimdir. Buning uchun kasbni oʻrganish, xorijiy tilni bilish, shuningdek, zarur koʻnikmalar va tajribaga ega boʻlish talab etiladi.
Albatta, bu yoʻlda fuqarolarga yordam berish, ularni ish beruvchilar ehtiyojlariga qarab tayyorlash, ularning kasbiy malakasini oshirish va loyiqcha ish joylariga yoʻnaltirish muhim ahamiyatga ega.



