«Poytaxt Parking» kompaniyasi nomidan qarz masalalari bilan bogʻliq soxta SMS xabarlari tarqalayotgani maʼlum boʻldi. Kompaniya haydovchilarga shubhalik havolalarni ochmaslikni chaqirdi.
Maʼlumotlarga koʻra, ushbu xabarlarda avtoturarkani toʻlash amalga oshirilmaganligi taʼkidlanib, taxminiy qarzdorlikni toʻlash uchun maxsus havolaga oʻtish taklif etiladi. Biroq, «Poytaxt Parking» bunday SMS xabarlar yuborilganligini qatʼiy inkor etmoqda.
Kompaniya haydovchilarga bir qator tavsiyalar berdi. Shuningdek, pullik avtoturarkani toʻlov holatini faqat «Poytaxt Parking» mobil ilovasi orqali tekshirish mumkinligi eslatib oʻtilgan.
Qoʻshimcha maʼlumot olish uchun foydalanuvchilar 78 113 67 00 telefon raqami orqali aloqaga chiqishi yoki Telegram tarmogʻidagi @PoytaxtParkingsupportbot botiga murojaat qilishi mumkin.


