Tencentning WeChat Payʼi Shenzhendagi kompaniya bosh ofisasida joylashgan 7-Eleven doʻkonlaridan birida sunʼiy intellektga asoslangan robototlashtirilgan tizimni ishga tushirdi.
Bu robot 29-oktabr kuni Guangdong viloyatidagi 7-Eleven filialining ikki minginchi ochilishi munosabati bilan doʻkonda birinchi marta paydo boʻldi. Robot Tencentning Hunyuan sunʼiy intellekt modellaridan foydalanadi.
Bu texnologiya tufayli robot xaridorlarni salomlashish, ularga turli mahsulotlar va aksionli toʻplamlarni taklif qilish, shuningdek, dialog orqali buyurtmalarni tuzishda yordam berish qobiliyatiga ega. Shundan soʻng mijozlar maxsus kodni skanerlash orqali toʻlovni mustaqil yakunlaydi.
Tizim shuningdek, shovqinli savdo nuqtasi sharoitida ham nutqni tanib olish imkonini beradigan Tencent audio texnologiyalari bilan jihozlangan. WeChat Pay robotni joriy etish maqsadi sifatida mijozlar bilan rutin aloqalarning bir qismini oʻz zimmasiga olish, bu esa doʻkon xodimlarini javonlarni toʻldirish, ovqat tayyorlash va tashrif buyuruvchilarga yordam kabi yanada samarali ishlar uchun ozod qilishini taʼminlaydi, deb maʼlum qildi.
