Surxondaryo viloyatida yoshlar orasida oʻqish madaniyatini oshirish va oʻqishga qiziqishni kengaytirish maqsadida turli tanlovlar oʻtkazildi. Ushbu tadbirlarda deyarli 190 ming nafar oʻquvchi ishtirok etdi.
Ushbu tanlovlarning yakunlanishi Termiz shahrining 26-umumiy taʼlim maktabida oʻtkazilgan «Oʻqish savodxonligi festivali» bilan nishonlandi.



