Hozirgi global iqtisodiyotda mineral resurslar faqatgina xom ashyo manbai sifatida emas, balki texnologik rivojlanish, energetik xavfsizlik va sanoat raqobatbardoshligini belgilovchi muhim strategik omilga aylanib bormoqda.
Aynan hozirgi vaqtda kritik minerallarga boʻlgan talabning oshishi, ishlab chiqarish zanjirlarining oʻzgarishi va resurslar uchun global raqobatning kuchayishi togʻ-kon sanoati oldiga yangi vazifalarni qoʻymoqda.



