Oʻzbek grossmeysteri Javhohir Sindarov AQShning Sent-Luiz shahrida boʻlib oʻtgan xalqaro Clutch Chess: Champions Showdown turnirida gʻalaba qozondi. U 20.5 ball toʻpladi.
Ikkinchi oʻrin hind grossmeysteri Rameshbabbu Praggnananda egalladi va 19 ball koʻrsatdi. Uchinchi oʻrin amerikalik oʻyinchi Fabiano Caruana 16.5 ball bilan zabt etdi, toʻrtinchi oʻrin esa 12 ball toʻplagan Hikaru Nakamuraga berildi.
Uch kun davomida oʻtkazilgan musobaqada Sindarov bir qator yetakchi jahon grossmeysterlari bilan raqobatlashdi va eng yaqin raqibi Praggnanandadan 1.5 ball ustun turdi.
Turnirning umumiy mukofot fondi 425 000 AQSh dollari miqdorida edi. Sindarov birinchi oʻrin uchun 125 000 AQSh dollarini oldi. Bundan tashqari, ishtirokchilar alohida partiyalarda gʻalaba qozonish uchun qoʻshimcha pul bonuslariga haqlidir, va chempion alohida jackpotni oldi.
Clutch Chess: Champions Showdown turniri Sindarov uchun joriy jahon chempioni Gukesh Dommaraju bilan oʻtkaziladigan uchrashuvdan oldingi oxirgi musobaqa boʻldi.

