Yangi Toshkentni qurishni tezlashtirish doirasida Prezident joriy yilning 12-oktyabrida investorlar va tadbirkorlar bilan ochiq uchrashuv oʻtkazdi. Ushbu uchrashuv chogʻida har bir viloyatga 100 gektar yer uchastkasini ajratish hamda ushbu tumanlarda tegishli viloyatlarning oʻziga xos arxitektura yechimlarini aks ettiruvchi loyihalarni amalga oshirish vazifasi qoʻyildi.
