Samarqand viloyati transport boshqarmasi vakillari ishtirok etgan matbuot konferensiyasi doirasida mintaqada jamoat transporti xizmatlari sifatini yaxshilash, elektron toʻlov tizimini rivojlantirish va yoʻlovchilar uchun qulayroq sharoitlar yaratish boʻyicha rejalar eʼlon qilindi.
Tadbirda taqdim etilgan maʼlumotlarga koʻra, joriy yil oxirigacha Samarqandga ellikta elektr avtobus yetkazib beriladi.
