Andijaning qadimiy shahar markazidagi "Jome" arxitektura ansambli boy oʻtmish, milliy arxitektura anʼanalarini va hunarmandchilik salohiyatini mujassam etgan joylardan biridir.
Hozirda bu tarixiy kompleks faqat mahalliy aholi orasida emas, balki xorijiy sayyohlar orasida ham katta qiziqish uygʻotmoqda.



