Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida xoʻjalik chiqindilarini ekologik xavfsiz qayta ishlash, ushbu chiqindilardan samarali foydalanish va muqobil energiya ishlab chiqarish boʻyicha innovatsion loyiha amalga oshiriladi.
Bu tashabbus Janubiy Koreya kompaniyalari — KECC Holding Group va Geotech Engineering-Design Group bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. Ushbu qadam mintaqadagi ekologik muammolarni kamaytirish va hududning energetika salohiyatini oshirishga qaratilgan.

