Zoom platformasi orqali tashkil etilgan onlayn yigʻilish doirasida mahalliy farmatsevtika korxonalari vakillari ishtirok etdi. Ushbu yigʻilish jarayonida Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizlik markazi va Tibbiyot va farmatsevtika rivojlantirish agentligi mutaxassislari mahalliy ishlab chiqarilgan dori vositalarining davlat roʻyxatidan oʻtishi bilan bogʻliq masalalarni muhokama qildilar.
