Sirdaryo viloyati Sardoba tumanining Qoʻrgʻontepa qishlogʻida 31 nafar fuqaroga uskunalar taqdim etildi. Ushbu uskunalar odamlarning oʻz tadbirkor faoliyatini va mustaqil mehnatini boshlashi uchun berildi.
Bu amaliy yordam aholi bandligini taʼminlash, oila daromadlarini oshirish va kambagʻallikni kamaytirishga qaratilgan grant loyihasi doirasida amalga oshirildi.



