Kuz-qish mavsumida eng muhim vazifalardan biri aholi va ijtimoiy soha obʼektlarining energiya resurslariga uzluksiz kirishini taʼminlashdir. Ayniqsa, tabiiy gaz yoʻq boʻlgan hududlarda koʻmirga talablarni oʻz vaqtida qoplashni taʼminlash hamda mahsulotni isteʼmolchiga yetkazib berishda shaffoflik va raqobatni taʼminlash dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
