Mahmudov Qudratbek Shavkat oʻgʻli pedagogika fanlari doktori (DSc) dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya etdi. Uning dissertatsiya mavzusi «Oliy taʼlim muassasalarini xalqaro reyting talablari asosida modernizatsiya qilishning nazariy-pedagogik asoslari (QS, THE, ARWU, UI GreenMetrics reytinglari misolida)» boʻlib, bu mavzu boʻyicha chuqur ilmiy ishlar amalga oshirgan.
