Tadqiqot natijalariga koʻra, emizik ayollar tomonidan epilepsiya qarshi dori vositalarini qabul qilish ularning farzandlarining rivojlanishiga salbiy taʼsir koʻrsatmaydi. Olti yoshdagi bolalar orasida onasi bunday preparatlarni qabul qilgan bolalar va sogʻlom bolalar oʻrtasida ogʻzaki nutq va adaptiv xatti-harakatlardagi farq kuzatilmaganligi aniqlandi.
Oʻrganish jarayonida sut emizishdan voz kechish bolaning neyro-psixik rivojlanishiga yanada sezilarliroq taʼsir koʻrsatishi mumkinligi qayd etildi.
Ushbu tadqiqot maʼlumotlari rasman JAMA Network Open nashrida eʼlon qilingan.
