Ilmiy maqolalar preprintlari portali arXiv.org maqolalarni nashr etish uchun ariza topshirishga cheklov kiritdi. Endi bitta muallif oyiga ikki dan ortiq ariza topshirishi mumkin emas.
Bundan tashqari, umumiy cheklov ham belgilandi: har qanday vaqtda faol ariza jami soni uchdan oshmasligi kerak. Ushbu cheklov ixtiyoriy moderatorlarning ish vaqtini optimal taqsimlash maqsadida kiritildi.
Cheklov kiritilishining sababi sifatli boʻlmagan materiallar hajmining keskin oshishi boʻlib, bu, xususan, ilmiy asarlarni yaratishda sunʼiy intellekt vositalaridan nojoʻya foydalanish bilan bogʻliq.
