Qadimiy va doimo shonli shahar Samarqandda 21-22 oktyabr kunlari "Bolalar farovonligiga investitsiyalar: kelajak avlodlarining barqaror va adolatli rivojlanishi" mavzusidagi Jahon sammiti boʻlib oʻtadi.
Bu nufuzli xalqaro tadbirda dunyoning 100 dan ortiq mamlakatlari siyosiy yetakchilari, vazirlar, taʼsirli xalqaro tashkilotlarning rahbarlari, yetakchi ekspertlar, biznes hamjamiyati va fuqarolik jamiyati vakillari, shuningdek, faol bolalar va oʻsmirlar ishtirok etadi.



