Bugun, 1-oktabr – Oʻqituvchi va murabbiy kunidir. Oʻqituvchining mehnatining ahamiyati faqat bilim berish bilan cheklanmaydi. Ayniqsa, muhandislik sohasidagi yosh mutaxassisni kasbga tayyorlashda u oʻta muhim rol oʻynaydi.
Ustozning tajribasi nazariy bilimlarni amaliyot bilan bogʻlash, ish jarayonini tushunish va mustaqil qaror qabul qilish koʻnikmasini shakllantirishda katta ahamiyatga ega boʻladi.



