«Oʻztoʻqimachiliksanoat» uyushmasi axborot xizmati maʼlum qilishicha, eksport qilinadigan toʻqimachilik mahsulotlariga qoʻllaniladigan bojxona boji stavkalari pasaytirilgan.
Bu qaror mahalliy toʻqimachilik sanoati korxonalarining xalqaro yetkazib berish zanjirlaridagi faolligini kengaytirish va tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligini oshirish maqsadida qabul qilingan.
