Guliston tumanida taʼlim sohasida samarali ishlayotgan oʻqituvchilar va tarbiyachilarning kasb bayrami nishonlandi. Tadbir doirasida «Ozoda» anʼanaviy saroyida oʻqituvchilarga ularning fidoyi mehnatlari uchun minnatdorchilik bildirilgan.
Faol oʻqituvchilarga ularning ustazorligini tan olish belgisi sifatida esda qolarli sovgʻalar va qimmatbaho suvenirlar topshirildi.



