Oʻzbekistondan dizel yoqilgʻisini Jahon bozoriga Gruziya Kulevi porti orqali yoʻnaltirish salohiyatini Ozarbayjonning milliy neft kompaniyasi SOCAR oʻrganmoqda.
Bu haqda «SOCAR Trading» kompaniyasining xalqaro biznesni rivojlantirish boʻlimi rahbari Toʻgʻrul Koʻcharli maʼlumot berdi.

