Farmatsevtika mahsulotlari sifatini taʼminlashda laboratoriya tahlillari aniqligi va ishonchliligi muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababli, bugun Toshkent Pharma Park majmuasida farmatsevtika laboratoriyalarida qoʻllaniladigan analitik usullar yaxlitligini baholashga bagʻishlangan maxsus oʻquv-trening boshlandi.
