Oʻzbekiston kurash jamoasi Osiyo oʻyinlarida ikki oltin va bitta bronza mukofot qoʻlga kiritib gʻalaba qozondi.
Chempionlar Ibodatxon Agojonova va Shohruxxon Baxtiyorov boʻlib, Bekmurod Oltiboyev bronza medalni qoʻlga kiritdi.
57 kg gacha boʻlgan kategoriya boʻyicha Ibodatxon Agojonova Yakuniy uchrashuvda Xitoy Taybey vakili ustidan gʻalaba qozonib, oltin medalni qoʻlga kiritdi.
90 kg dan katta kategoriya boʻyicha Shohruxxon Baxtiyorov yakuniy oʻyinda Tojikistonlik Shakramamodov Mirmamodovni magʻlub etib, Osiyo oʻyinlari chempioni boʻldi.
Avvalroq, shu vazn kategoriyasining yarim finalida Bekmurod Oltiboyev Shohruxxon Baxtiyorovdan magʻlubiyat olgan, keyin esa Oltiboyev bronza medalni qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻldi.
Baxtiyorovning oltin medali Osiyo oʻyinlarida Oʻzbekiston delegatsiyasi uchun oʻninchi mukofot boʻldi.



