Oʻzbekistondan Mariya Timofeeva WTA 125 darajasidagi va Portugaliyadagi Eupago Porto Open turnirining finaliga yetib keldi.
Yarim finalda Timofeeva Slovakiya vakili Miya Pohankova ustidan gʻalaba qozondi. Uchrashuv 6-2, 6-7(3) va 6-3 natijalar bilan uch setda yakunlandi.
Bu uchrashuv 2 soat 38 daqiqa davom etdi. Ushbu gʻalaba tufayli Timofeeva turnirning yakuniy bosqichiga oʻtadi va u yerda chempionlik unvonini qoʻlga kiritish uchun kurashadi.
