Oʻzbekiston va Yevropa Ittifoqi Transkaspiy koridori va chegaraviy tartib-qoidalarini soddalashtirish boʻyicha investitsiyalarni muhokama qiladi
Batafsil
Gazeta.uz
gazeta.uz

Oʻzbekiston va Yevropa Ittifoqi Transkaspiy koridori va chegaraviy tartib-qoidalarini soddalashtirish boʻyicha investitsiyalarni muhokama qiladi

Transkaspiy transport koridori boʻyicha ikkinchi milliy konferensiyada, u sentyabrning 30-kunida Toshkentda boʻlib oʻtadi, Transkaspiy koridorini rivojlantirishga investitsiyalar hamda chegaraviy tartib-qoidalarini soddalashtirish masalalari muhokama qilinishi rejalashtirilgan.

Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi matbuot xizmatining maʼlumotiga koʻra, tadbirda temir yoʻl va avtomobil infratuzilmasiga investitsiyalar, shuningdek, transport hujjatlarini raqamlashtirish va chegaradan oʻtish jarayonini yengillashtirish koʻrib chiqiladi.

Konferensiya Oʻzbekiston transport vazirligi va Yevropa komissiyasining xalqaro hamkorliklar boʻyicha bosh direktoriat tomonidan tashkil etiladi. Turli davlat organlari vakillari, shuningdek, xalqaro moliyaviy va transport-logistika kompaniyalari xodimlari ishtirok etadi.

Ishtirokchilar Markaziy Osiyoni Yevropaga ulashuvchi yoʻnalishdagi Oʻzbekiston uchun ustuvor loyihalarga eʼtibor qaratadilar. Yoʻl tarmogʻining holatini va chegaraviy reglamentlarni yaxshilashdan tashqari, kun tartibiga logistika tarmogʻini rivojlantirish, savdo va transport hujjatlarini raqamli shaklga oʻtkazish va xususiy sektorni jalb qilish masalasi kiritiladi.

Ushbu konferensiya Global Gateway strategiyasi doirasida Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan Transkaspiy transport koridori Koordinatsion platformasi doirasida oʻtkazilmoqda. Ushbu platforma Markaziy Osiyoning beshta davlatini, Yevropa Ittifoqini, xalqaro moliyaviy institutlarni va boshqa hamkorlarni ushbu transport yoʻnalishidagi zarur islohotlar va investitsiyalarni kelishish maqsadida birlashtiruvchi maydon vazifasini bajaradi.

Mashhur