Guliston talabalarining Xitoyda taʼlim olishi va yosh olimlarning birgalikdagi tadqiqotlarda ishtirok etishi imkoniyatlari kengaymoqda. Guliston davlat universiteti va Xitoydagi Shaanxi A&F University oʻrtasida «Ikki diplom» dasturlarini ishlab chiqish va akademik almashinuvni kengaytirish toʻgʻrisida kelishuvlar erishildi.
Bundan tashqari, tomonlar qishloq xoʻjaligi va ekologiya sohalarida birgalikdagi ilmiy loyihalarni amalga oshirish toʻgʻrisida kelishib oldilar.



