Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Qoraqalpogʻiston Respublikasida qattiq chiqindilarni yoqib elektr energiyasi ishlab chiqarish investitsion loyihasini amalga oshirish choralari» toʻgʻrisidagi qaroriga muvofiq, kuniga 90 million kVt elektr energiyasi ishlab chiqarishga qodir boʻlgan qurilmalar ishga tushiriladi.
Ushbu loyihada investor Xitoy Xalq Respublikasida joylashgan China Sciences Environmental Protection Technology (Hong Kong) International Co., Ltd (CSET (HK)) kompaniyasi hisoblanadi. Ushbu loyiha doirasida va Loyiha kompaniyasi kundalik 0,75 ming tonna chiqindilarni termik qayta ishlash usuli bilan qayta ishlaydigan uskunalarni ishga tushirishni taʼminlaydi.
2026 yildan 2028 yilgacha Qoraqalpogʻiston Respublikasiga 80 million AQSh dollari miqdorida bevosita investitsiyalar jalb qilinishi rejalashtirilmoqda.



